Аxborot uzatish tizimlarida kodlash va dekodlashning zamonaviy yondashuvlari
Annotatsiya
Ushbu maqolada axborot uzatish tizimlarida qo‘llanilayotgan kodlash va dekodlashning zamonaviy yondashuvlari tahlil qilingan. Tadqiqotda xato tuzatish kodlari va ma’lumotni siqish algoritmlarining nazariy asoslari ko‘rib chiqilgan. Jumladan, Hamming, Reed–Solomon, Turbo va LDPC kodlari tahlil etilgan. Shuningdek, Hoffman va arifmetik kodlash kabi entropiyaga asoslangan siqish algoritmlari hamda Deep Learningga asoslangan zamonaviy yondashuvlar ko‘rib chiqilgan. Maqolada dekodlash jarayonining texnik jihatlari bilan bir qatorda, axborotni qabul qilishdagi kognitiv omillar, axborot entropiyasi va sintaktik bog‘liqlik masofasi kabi tushunchalar ham yoritilgan. Tadqiqot natijalarida kodlash va dekodlash jarayonlarini faqat texnik jarayon emas, balki kompleks tizim sifatida axborot uzatish tizimlarining samaradorligini oshirishga xizmat qilishi ko‘rsatib berilgan.
Kalit so’zlar: axborot uzatish tizimlari, kodlash, dekodlash, xato tuzatish kodlari, ma’lumotni siqish, entropiya, semiotika, Hoffman kodlari, raqamli kommunikatsiya.


