Zararli dasturlarni aniqlash va tasniflash
Annotatsiya
Axborot texnologiyalarining keng qo‘llanilishi bilan zararli dasturlar kompyuter tizimlari va tarmoqlar uchun muhim xavf omiliga aylandi. Zararli dasturlar axborotning maxfiyligi, yaxlitligi va mavjudligiga tahdid solib, ularni aniqlash va tasniflash masalasini dolzarb qilib qo’ymoqda. Ushbu maqolada zararli dasturlarni aniqlash va tasniflashga oid asosiy nazariy yondashuvlar tahlil qilinadi. Aniqlash usullarining umumiy tamoyillari va zararli dasturlarni funksional hamda xulq-atvor xususiyatlariga ko‘ra tasniflash mezonlari yoritiladi. Maqola konseptual xarakterga ega bo‘lib, axborot xavfsizligi bo‘yicha keyingi tadqiqotlar uchun nazariy asos yaratishga xizmat qiladi.
Kalit so‘zlar: axborot xavfsizligi, zararli dasturlar, zararli dasturlarni aniqlash, zararli dasturlarni tasniflash, kompyuter xavfsizligi


