GlobalG.A.P standarti asosida qishloq xo‘jaligida barqaror ishlab chiqarish va oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash: xalqaro tajriba va kichik fermer xo‘jaliklari misolida tahlil
Аннотация
Mazkur maqolada GlobalG.A.P (Good Agricultural Practices) standarti asosida qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirishda sifat va xavfsizlikni ta’minlash masalalari tahlil qilinadi. Tadqiqot doirasida Tailand, Keniya va Pokiston misolida olib borilgan ilmiy ishlar asosida GlobalG.A.P standartining kichik fermer xo‘jaliklariga ta’siri kompleks yondashuv asosida o‘rganilgan. Tahlillar shuni ko‘rsatadiki, ushbu standartni joriy etish pestitsidlardan foydalanishni optimallashtirish, ekologik barqarorlikni ta’minlash hamda oziq-ovqat xavfsizligini oshirishda muhim omil hisoblanadi. Sertifikatsiya jarayonida fermerlarning bilim darajasi, moliyaviy imkoniyatlari va institutsional qo‘llab-quvvatlash darajasi asosiy ta’sir etuvchi omillar sifatida namoyon bo‘ladi. Shuningdek, GlobalG.A.P standartining joriy etilishi mahsulot sifatini yaxshilash bilan bir qatorda, eksport salohiyatini oshirish va xalqaro bozorlarga chiqish imkoniyatlarini kengaytirishga xizmat qiladi. Biroq kichik fermer xo‘jaliklari uchun ushbu standart talablariga moslashish jarayoni resurs yetishmovchiligi, axborot cheklanganligi va texnik bilimlarning pastligi bilan murakkablashadi.
Kalit so‘zlar. GlobalG.A.P, qishloq xo‘jaligi, oziq-ovqat xavfsizligi, pestitsidlar, sertifikatsiya, kichik fermer xo‘jaliklari, barqaror rivojlanish, eksport salohiyati, ekologik xavfsizlik, qishloq xo‘jaligi amaliyotlari.
Библиографические ссылки
1. Yuichiro Amekawa, Sara Bumrungsri, Kanuengnit Wayo, Girma Gezimu Gebre and Surat Hongsibsong. Pesticide Use under Public Good Agricultural Practices Standard: A Comparative Study in Thailand. Agriculture 2022,12,606.
2. Castro N. Gichuki , Jiqin Han , and Tim Njagi. The Impact of Household Wealth on Adoption and Compliance to GLOBAL GAP Production Standards:Evidence from Smallholder farmers in Kenya. Agriculture 2020, 10, 50.
3. Peter Shimon Otieno, Chris Ackello Ogutu, John Mburu and Rose Adhiambo Nyikal. Effect of Global-GAP Policy on Climate Change Perceptions of Smallholder French Beans Farmers in Central and Eastern Regions, Kenya. Climate 2017, 5, 27.
4. Syed Raza Hussain, Muhammad Zahid Rashid, Irfan Haidri, Usman Shafqat,Faisal Mahmood. Assessing global good agricultural practices standard adoption: insights from fruit and vegetable farmers in Pakistan. Italian Journal of Food Safety 2024; volume 13:12144.
5. Jane Githiga, Asres Elias, Kumi Yasunobu. The Effect of GlobalGAP Certification on Horticulture Production in Kenya. International Journal of Environmental and Rural Development (2024) 15-1;8-13.

