Korxonalarda ma’lumotlar bazasini himoya qilishning ko‘p qatlamli himoya modeli
Annotatsiya
Korxonalarda ma’lumotlar bazasi muhim strategik resurs bo‘lib, uning xavfsizligi biznes barqarorligi va axborot yaxlitligini ta’minlashda hal qiluvchi ahamiyatga ega. Tadqiqotda ma’lumotlar bazasini himoya qilishning zamonaviy mexanizmlari - autentifikatsiya, avtorizatsiya, rollarga asoslangan kirish nazorati, shifrlash, zaxiralash hamda monitoring tizimlari tahlil qilindi. Natijalar kompleks va ko‘p qatlamli himoya modeli texnik va tashkiliy choralar uyg‘unligida samarali ishlashini ko‘rsatdi, shuningdek korxonalar uchun amaliy tavsiyalar ishlab chiqildi.
Kalit so‘zlar: ma’lumotlar bazasi, axborot xavfsizligi, kiberxavfsizlik, autentifikatsiya, avtorizatsiya, rollarga asoslangan kirish nazorati (RBAC), shifrlash, zaxira nusxa, audit va monitoring, ko‘p qatlamli himoya modeli.


