Keshlash (Caching) texnologiyalari va ma’lumotlar bazasi samaradorligini oshirishdagi roli

Mualliflar

  • Dilshodov Abror Dilshodjon oʻgʻli Farg‘ona davlat texnika universiteti
  • Jamoliddinov Dilshodbek Nizomiddin oʻgʻli Farg‘ona davlat texnika universiteti

Annotatsiya

Ushbu maqolada keshlash (caching) texnologiyalarining nazariy asoslari, ularning ma’lumotlar bazasi ish faoliyatini yengillashtirishdagi ahamiyati hamda zamonaviy axborot tizimlarida qo‘llanilish mexanizmlari tahlil qilinadi. Tadqiqot jarayonida keshlash arxitekturasi, xotira darajasidagi keshlash usullari, so‘rovlar natijalarini vaqtinchalik saqlash mexanizmlari hamda Redis va Memcached kabi keng tarqalgan keshlash texnologiyalari o‘rganildi. An’anaviy to‘g‘ridan-to‘g‘ri ma’lumotlar bazasiga murojaat qilish bilan taqqoslaganda, keshlash texnologiyalari tizim tezkorligi, masshtablanuvchanligi va resurslardan foydalanish samaradorligini sezilarli darajada oshirishi isbotlandi. Tadqiqot natijalari keshlash mexanizmlaridan oqilona foydalanish yuqori yuklamali ma’lumotlar bazalarida muhim optimallashtirish omili ekanligini ko‘rsatadi.

Kalit so‘zlar: keshlash, caching, ma’lumotlar bazasi, samaradorlik, Redis, Memcached, optimallashtirish

##submission.downloads##

Chop etilgan

2025-12-25

Nashr

Bo'lim

Статьи

##plugins.generic.recommendByAuthor.heading##