Axborot makonidan to‘g‘ri foydalanish ko‘nikmalarini shakllantirishda ta’lim va tarbiya tizimining roli
Abstract
Ushbu maqolada O‘zbekistonda axborot texnologiyalari jadal rivojlanayotgan davrda axborotdan oqilona va mas’uliyatli foydalanish madaniyatini shakllantirishda ta’lim va tarbiyaning hal qiluvchi o‘rni yoritilgan. Yosh avlod ongida tanqidiy fikrlash, axborot xavfsizligi va media savodxonlik ko‘nikmalarini rivojlantirish zarurligini ta’kidlab, maktabgacha ta’limdan boshlab oliy ta’limgacha bo‘lgan tizimda ushbu yo‘nalishda olib borilayotgan ishlar tahlil qilingan. Shuningdek, oilaning, o‘qituvchilarning va jamiyatning umumiy mas’uliyati haqida fikr yuritilib, samarali usullar va takliflar keltirilgan. Maqola ta’lim-tarbiya orqali axborotga nisbatan ongli munosabatni shakllantirish bo‘yicha ilmiy-nazariy va amaliy tavsiyalarni o‘z ichiga olgan.
Kalit so’zlar. Axborotlashgan jamiyat, media, media savodxonlik, ta’lim, tarbiya, raqamli dunyo, raqamli madaniyat, platforma, xavfsizlik, bloger, etik me’yorlar, media maydon.
References
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlisga Murojaatnomasi. — Toshkent, 2023-yil.
2. O‘zbekiston Respublikasi “Axborotlashtirish to‘g‘risida”gi Qonuni. – 2019-yil.
3. UNESCO. “Media and Information Literacy Curriculum for Teachers”. – 2011.
4. Hobbs, R. “Digital and Media Literacy: Connecting Culture and Classroom”. – 2011.
5. To‘xtayev, Sh. “Axborot madaniyati va media savodxonlik asoslari”. – Toshkent, 2021.
6. Alimova, N. “Raqamli savodxonlik va axborot madaniyati: yoshlar nuqtayi nazaridan”. // Ijtimoiy fanlar jurnali, 2022.


