DoS va DDoS hujumlarini aniqlash va oldini olishda sun’iy intellektning o‘rni
Abstract
Ushbu maqolada tarmoq xavfsizligiga tahdid soluvchi DoS (Denial of Service) va DDoS (Distributed Denial of Service) hujumlarining mohiyati, ularni aniqlash hamda oldini olishda sun’iy intellekt (SI) va mashinali o‘qitish (MO) texnologiyalarining o‘rni yoritilgan. Zamonaviy tarmoq infratuzilmalari hajmi ortib borayotgani sayin, an’anaviy xavfsizlik usullari bunday hujumlarga qarshi samaradorligini yo‘qotmoqda. Shu sababli, SI asosidagi yondashuvlar – xususan chuqur o‘rganish (Deep Learning), anomaliyani aniqlash (Anomaly Detection) va xatti-harakatlarni modellash – tarmoq trafigini real vaqt rejimida tahlil qilish imkonini bermoqda. Maqolada 2019–2025-yillar oralig‘idagi 12 ta ilg‘or ilmiy ishlar tahlil qilinib, ularning natijalariga asoslanib, DoS/DDoS hujumlarini aniqlashda eng samarali bo‘lgan modellar – SVM, CNN, RNN, Transformer va Ensemble Learning – taqqoslab ko‘rsatildi.


