Ta’limda inson - sun’iy intellekt hamkorligining pedagogik nazariy modeli
Аннотация
Mazkur maqolada sun’iy intellekt texnologiyalarining ta’lim jarayoniga jadal kirib kelishi sharoitida inson va sun’iy intellekt o‘rtasidagi hamkorlikning pedagogik mohiyati tahlil qilinadi. Tadqiqotning asosiy maqsadi ta’lim jarayonida o‘qituvchi, o‘quvchi va sun’iy intellektning funksional o‘zaro aloqasini pedagogik nuqtayi nazardan tizimlashtirish hamda inson sun’iy intellekt hamkorligining nazariy modelini ishlab chiqishdan iborat. Maqolada pedagogik hamkorlik, inson markazli yondashuv, subyekt - subyekt munosabatlari, raqamli pedagogika, refleksiya va pedagogik mas’uliyat tushunchalari o‘zaro bog‘liqlikda ko‘rib chiqiladi. Muallif tomonidan inson sun’iy intellekt hamkorligining maqsadli, mazmuniy, jarayonli, subyektlararo va natijaviy komponentlardan tashkil topuvchi nazariy modeli taklif etiladi. Modelda sun’iy intellekt o‘qituvchining o‘rnini bosuvchi subyekt sifatida emas, balki ta’lim faoliyatini qo‘llab - quvvatlovchi intellektual vosita sifatida talqin qilinadi. Tadqiqot natijalari sun’iy intellektdan pedagogik jihatdan mas’uliyatli, maqsadga yo‘naltirilgan va inson omilini ustuvor qo‘ygan holda foydalanish zarurligini ko‘rsatadi.
Kalit so‘zlar: sun’iy intellekt, pedagogik nazariya, inson - AI hamkorligi, raqamli pedagogika, pedagogik model, o‘qituvchi, o‘quvchi, pedagogik mas’uliyat, refleksiya, ta’lim texnologiyalari.
Библиографические ссылки
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 5-oktabrdagi PF-6079-son Farmoni. “Raqamli O‘zbekiston – 2030” strategiyasini tasdiqlash va uni samarali amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida.Toshkent, 2020.
2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 17-fevraldagi PQ-4996-son Qarori. Sun’iy intellekt texnologiyalarini jadal joriy etish uchun shart-sharoitlar yaratish chora-tadbirlari to‘g‘risida. Toshkent, 2021.
3. Abdukodirov A.A., Pardaev A.X. Masofali o‘qitish nazariyasi va amaliyoti. – Toshkent: Fan, 2009.
4. Azizxo‘jayeva N.N. Pedagogik texnologiyalar va pedagogik mahorat: o‘quv qo‘llanma. Toshkent: TDPU, 2006.
5. Begimqulov U.Sh. Pedagogik ta’lim jarayonlarini axborotlashtirishni tashkil etish va boshqarish: ped. fanlari doktori ... diss. Toshkent, 2007.
6. Ishmuhamedov R., Abdukodirov A., Pardaev A. Ta’limda innovatsion texnologiyalar. Toshkent: Iste’dod, 2008.
7. Селевко Г.К. Современные образовательные технологии: учебное пособие. М.: Народное образование, 1998.
8. AI in Education, Learner Control, and Human-AI Collaboration // International Journal of Artificial Intelligence in Education. – 2024.
9. Biesta G. Good Education in an Age of Measurement: Ethics, Politics, Democracy. – Boulder: Paradigm Publishers, 2010.
10. Exploring human and AI collaboration in inclusive STEM teacher training: A synergistic approach based on self-determination theory // The Internet and Higher Education. – 2025.
11. Holmes W., Bialik M., Fadel C. Artificial Intelligence in Education: Promises and Implications for Teaching and Learning. – Boston: Center for Curriculum Redesign, 2019.
12. Holstein K., McLaren B.M., Aleven V. Co-designing a real-time classroom orchestration tool to support teacher–AI complementarity // Journal of Learning Analytics. – 2019. – Vol. 6, No. 2. – P. 27–52.
13. Luckin R., Holmes W., Griffiths M., Forcier L.B. Intelligence Unleashed: An Argument for AI in Education. – London: Pearson, 2016.
14. Memon T.D., Kwan P. A Collaborative Model for Integrating Teacher and GenAI into Future Education // TechTrends. – 2025.
15. Selwyn N. Should Robots Replace Teachers? AI and the Future of Education. – Cambridge: Polity Press, 2019.
Опубликован
Как цитировать
Выпуск
Раздел
Лицензия

Это произведение доступно по лицензии Creative Commons «Attribution» («Атрибуция») 4.0 Всемирная.

