Sun’iy intellekt asosida tarmoq xavfsizligini boshqarish

Mualliflar

  • Abduxamidov Ilyosjon Ismoil o'g'li Farg‘ona davlat texnika universiteti
  • Jamoldinov Mirabbos Mirmansur ogʻli Farg‘ona davlat texnika universiteti

Annotatsiya

Ushbu maqolada sun’iy intellekt asosida tarmoq xavfsizligini boshqarish masalalari o‘rganiladi. Zamonaviy kompyuter tarmoqlarida yuzaga kelayotgan kiberxavflarni aniqlash, tahlil qilish va oldini olishda sun’iy intellekt texnologiyalarining o‘rni yoritilgan. AI yordamida tarmoq trafikini monitoring qilish, shubhali faoliyatlarni avtomatik aniqlash hamda xavfsizlik darajasini oshirish imkoniyatlari ko‘rib chiqiladi. Shu bilan birga, sun’iy intellekt texnologiyalaridan noto‘g‘ri foydalanish natijasida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan xavflar ham tahlil qilinadi. Tadqiqotda tarmoq xavfsizligini boshqarishning zamonaviy yondashuvlari, kelajakdagi kiber tahdidlar va ularni kamaytirish strategiyalari yoritilgan. Maqola sun’iy intellekt asosida tarmoq xavfsizligini samarali boshqarish bo‘yicha amaliy tavsiyalar beradi.

Kalit so‘zlar: sun’iy intellekt, tarmoq xavfsizligi, kompyuter tarmoqlari, kiberxavfsizlik, tarmoq trafikini monitoring qilish, zamonaviy xavfsizlik tizimlari.

##submission.downloads##

Chop etilgan

2025-12-24

Nashr

Bo'lim

Статьи