Axborot xavfsizligi tizimlarida intellektual agentlarning BDI (Belief-Desire-Intention) modelini qo‘llash konseptual asoslari
Annotatsiya
Ushbu maqolada zamonaviy kiber-tahdidlarga qarshi kurashishda axborot xavfsizligi tizimlarining avtonomligi va samaradorligini oshirish masalalari tadqiq etilgan. An'anaviy xavfsizlik vositalarining dinamik hujumlarga nisbatan sust reaksiyasi muammosiga yechim sifatida sun'iy intellektning intellektual agentlar nazariyasiga asoslangan BDI (Belief-Desire-Intention) modeli taklif qilingan. Maqolada kiber-mudofaa tizimlarida BDI modelining konseptual arxitekturasi ishlab chiqilgan bo'lib, unda tarmoq holatini baholash (Belief), xavfsizlik maqsadlarini shakllantirish (Desire) va kiberhujumlarni bartaraf etish strategiyalarini tanlash (Intention) jarayonlarining mantiqiy o'zaro bog'liqligi tizimli-tahliliy sxemalar orqali yoritib berilgan. Shuningdek, BDI modelining statik qoidalarga asoslangan an'anaviy tizimlardan ustunlik jihatlari qiyosiy tahlil qilingan.
Kalit so'zlar: Sun'iy intellekt, axborot xavfsizligi, intellektual agent, BDI modeli, kiber-mudofaa, avtonom tizimlar, qaror qabul qilish logikasi, kiberhujum.
Библиографические ссылки
1. Bratman, M. E. (1987). Intentions, Plans, and Practical Reason. Harvard University Press.
2. Rao, A. S., & Georgeff, M. P. (1995). BDI Agents: From Theory to Practice. Proceedings of the First International Conference on Multi-Agent Systems, 312-319.
3. Wooldridge, M. (2009). An Introduction to MultiAgent Systems (2nd ed.). John Wiley & Sons.
4. Russell, S., & Norvig, P. (2020). Artificial Intelligence: A Modern Approach (4th ed.). Pearson.
5. Stallings, W. (2018). Effective Cybersecurity: A Guide to Using Best Practices and Standards. Addison-Wesley Professional.
6. O‘zbekiston Respublikasining "Kiberxavfsizlik to‘g‘risida"gi Qonuni, O‘RQ-764-son, 2022-yil 15-aprel.


