Sun’iy intellekt tizimlarida ehtimollik nazariyasi va statistik usullarning qo‘llanilishi

Авторы

  • Anvarjon Alimatov Farg‘ona davlat texnika universiteti
  • Oybek Maniyozov Farg‘ona davlat texnika universiteti

Annotatsiya

Ushbu maqolada sun’iy intellekt tizimlarida ehtimollik nazariyasi va matematik statistika usullaridan foydalanishning nazariy hamda amaliy jihatlari tahlil qilingan. Hozirgi kunda sun’iy intellekt texnologiyalari tibbiyot, ta’lim, bank-moliya tizimi, sanoat, transport va axborot xavfsizligi kabi ko‘plab sohalarda keng qo‘llanilmoqda. Mazkur tizimlarning samarali faoliyat yuritishi katta hajmdagi ma’lumotlarni qayta ishlash, ularni tahlil qilish, tasniflash hamda kelajakdagi natijalarni bashorat qilish bilan chambarchas bog‘liqdir. Shu sababli ehtimollik nazariyasi va statistika fanlari sun’iy intellekt algoritmlarining muhim ilmiy asosini tashkil etadi.Maqolada Bayes teoremasi, regressiya tahlili, klassifikatsiya, o‘rtacha qiymat, dispersiya va boshqa statistik ko‘rsatkichlarning sun’iy intellekt modellaridagi o‘rni yoritilgan. Shuningdek, machine learning algoritmlarida statistik yondashuvlarning qo‘llanilishi, model aniqligini baholash va qaror qabul qilishdagi ahamiyati ko‘rsatib berilgan. Tadqiqot natijalariga ko‘ra, sun’iy intellekt texnologiyalarini rivojlantirishda ehtimollik va statistik usullar asosiy vositalardan biri bo‘lib xizmat qiladi.

Kalit so'zlar: Sun’iy intellekt, ehtimollik nazariyasi, matematik statistika, ma’lumotlar tahlili, katta ma’lumotlar (Big Data), mashinaviy o‘qitish (machine learning), Bayes teoremasi, regressiya tahlili, chiziqli regressiya, logistika regressiyasi, klassifikatsiya, klasterlash (clustering), qaror qabul qilish tizimlari, model aniqligi, xatolik tahlili, bashoratlash, ehtimollik modellar, statistik ko‘rsatkichlar, o‘rtacha qiymat, median, moda, dispersiya, standart og‘ish, algoritmlar, neyron tarmoqlar, intellektual tizimlar.

Библиографические ссылки

1. https://api.ziyonet.uz/uploads/books/795806/5e6f3baa8ccec.pdf

2. http://www.newjournal.org/

3. https://inlibrary.uz/index.php/mmms/article/view/52878

4. https://cyberleninka.ru/article/n/bulutli-platformalardan-foydalanishda-xavfsizlik-muammolari-xavflar-va-tahdidlar

5. Sh.I.Razzoqov, Sh.S.Yo'ldoshev, U.M.Ibragimov. Kompyuter grafikasi: O'quv qo'llanma. Toshkent: Noshir, 2013.

6. Bayesian Data Analysis – Andrew Gelman va boshqalar. CRC Press, 2013.

7. IEEE. “Artificial Intelligence and Machine Learning Applications”, IEEE Journals, 2020–2024.

Загрузки

Опубликован

2026-05-13

Как цитировать

Alimatov, A., & Maniyozov, O. (2026). Sun’iy intellekt tizimlarida ehtimollik nazariyasi va statistik usullarning qo‘llanilishi. Research and Implementation, 2(5/2), 25–29. извлечено от https://rai-journal.uz/index.php/rai/article/view/3010

Выпуск

Раздел

Статьи