Moliyaviy tizimlarda ma’lumotlar bazasi xavfsizligini baholash mezonlari
Annotatsiya
Moliyaviy tizimlarda ma’lumotlar bazalari bank operatsiyalari, to‘lov tranzaksiyalari va moliyaviy axborotlarni boshqarishda markaziy o‘rin egallaydi, shu sababli ularning xavfsizligini ta’minlash va baholash dolzarb masalalardan biri hisoblanadi. Ushbu ishda moliyaviy tizimlarda ma’lumotlar bazasi xavfsizligini baholash mezonlari tahlil qilinib, ularning axborotlarning maxfiyligi, yaxlitligi va mavjudligini ta’minlashdagi roli yoritilgan. Tadqiqot jarayonida xalqaro standartlar va riskga asoslangan yondashuvlar asosida autentifikatsiya va avtorizatsiya mexanizmlari, ma’lumotlarni shifrlash, zaxiralash va tiklash siyosati hamda audit va monitoring tizimlari asosiy baholash mezonlari sifatida ko‘rib chiqilgan. Olingan natijalar mazkur mezonlardan kompleks va tizimli foydalanish moliyaviy tizimlarda kiberxavflarni kamaytirish, ma’lumotlar bazalarining ishonchliligini oshirish hamda moliyaviy barqarorlikni ta’minlashga xizmat qilishini ko‘rsatadi. Tadqiqot natijalari moliyaviy tashkilotlarda ma’lumotlar bazasi xavfsizligini baholash va takomillashtirish jarayonlarida amaliy ahamiyatga ega.
Kalit so`zlar: moliyaviy tizimlar, ma’lumotlar bazasi, xavfsizlik, baholash mezonlari, autentifikatsiya, avtorizatsiya, shifrlash, zaxiralash, audit va monitoring, kiberxavfsizlik.


