Amaldagi ona tili darsliklari matnlarining lingvodidaktik holati va funktsional tahlili
Abstract
Mazkur maqolada amaldagi 5–7 sinf ona tili darsliklarida berilgan matnlarning lingvodidaktik holati va funksional xususiyatlari ilmiy mezonlar asosida tahlil qilinadi. Zamonaviy ta’lim paradigmasi nuqtayi nazaridan darslik matnining o‘quv jarayonidagi markaziy o‘rni asoslab berilib, matnning nafaqat axborot manbai, balki kognitiv faoliyatni faollashtiruvchi, nutqiy va kommunikativ kompetensiyani shakllantiruvchi didaktik birlik ekani yoritiladi. Shuningdek, 5-sinf ona tili darsligida keltirilgan Xurshid Davronning “Yagonadir Vataning sening!” matni misolida lingvodidaktik va funksional tahlil amalga oshirilib, uning tarbiyaviy, emotiv va kommunikativ salohiyati ochib beriladi. Matnning o‘quvchilar tafakkurini rivojlantirish, milliy qadriyatlarni singdirish hamda mustaqil fikrlashni rag‘batlantirishdagi o‘rni asoslanadi. Tahlil natijasida darslik matnlarini tanlash va tizimlashtirish jarayonini takomillashtirish bo‘yicha ilmiy-metodik xulosalar ilgari suriladi.
Kalit so‘zlar: ona tili ta’limi, darslik matni, lingvodidaktik tahlil, funksional tahlil, kommunikativ kompetensiya, nutqiy faoliyat, kognitiv jarayon, metodik mezon, matn tanlash, milliy qadriyatlar.
References
1. Mahmudov N. Til va nutq. – Toshkent: O‘qituvchi, 2012. – 256 b.
2. Nurmonov A. O‘zbek tilshunosligi nazariyasi. – Toshkent: Akademnashr, 2010. – 312 b.
3. Yo‘ldoshev B. Matn lingvistikasi asoslari. – Toshkent: Fan, 2009. – 224 b.
4. Safarov Sh. Kognitiv tilshunoslik. – Toshkent: Akademnashr, 2013. – 288 b.
5. Mahmudov N., Nurmonov A. O‘zbek tilining nazariy grammatikasi. – Toshkent: Fan, 2007. – 384 b.. Mavlonova K., Qo‘ldosheva S., Hakimova N., Siddiqov M. Ona tili. 5-sinf (1-qism). – Toshkent: Respublika ta’lim markazi, 2024. – 16 b.


