O‘zlikni anglash va milliy taraqqiyot

Authors

  • Ulug‘bek Ergashev Farg‘ona davlat texnika universiteti

Abstract

Mazkur maqolada milliy yuksalish g‘oyasining jamiyat taraqqiyotidagi o‘rni va ahamiyati tahlil qilinadi. Unda insoniyatning rang-barang madaniyati, tillari, urf-odat va qadriyatlari taraqqiyotning muhim manbai ekani asoslanib, milliy yuksalish millatning qadr-qimmati, or-nomusi va g‘ururi bilan uzviy bog‘liq jarayon sifatida talqin etiladi. Jamiyatda g‘oyaviy birlashuvning yetishmasligi mafkuraviy bo‘shliqni keltirib chiqarishi, bu esa ekstremizm, millatchilik va ayirmachilik kabi salbiy hodisalarning kuchayishiga olib kelishi yoritib beriladi. Shuningdek, milliy yuksalish g‘oyasiga ehtiyojni kuchaytiruvchi omillar, xususan, ma’naviy-ma’rifiy tarbiya, ta’lim tizimining roli, yoshlar ongiga milliy g‘oya tamoyillarini singdirish hamda zamonaviy innovatsion texnologiyalar orqali keng jamoatchilikni jalb etish masalalari asoslab beriladi. Xulosa qismida jamiyatning g‘oyaviy birlashuvi millatlararo totuvlikni ta’minlash, millatchilik va ayirmachilikka qarshi kurashning muhim omili ekanligi ta’kidlanadi.

Kalit so‘zlar: Milliy yuksalish, milliy g‘oya, g‘oyaviy birlashuv, milliy o‘zlikni anglash, ijtimoiy birlik, ma’naviy-ma’rifiy tarbiya, yoshlar siyosati, innovatsion texnologiyalar, millatlararo totuvlik, millatchilik, ayirmachilik, mafkuraviy bo‘shliq.

References

1. Мирзиёев Ш. М. Миллий тикланишдан – миллий юксалиш сари… – Б. 159

2. Мец А. Мусульманский Ренессанс. – М., 1966. – С. 144–145.

3. Человек и культура межнационального общения / Под ред. С. Шермухамедова. – Ташкент: Узбекистан, 1995.

4. Юсупов Э., Туленов Ж., Ғофуров З. Миллий масала бўйича фалсафий суҳбатлар. – Тошкент: Фан, 1990. – Б. 69.

5. Отамуродов С. Глобаллашув ва миллат. – Тошкент: Янги аср авлоди, 2008; Баҳодир Зокир. Глобаллашув зиддиятлари // Тафаккур. – 2004. – №1; Назаров А. Глобаллашув шароитида барқарор сиёсий тараққиёт хавфсизлигини таъминлаш муаммолари // ЎзМУ хабарлари. – 2016. – № 1/1.

6. Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёевнинг 2023 йил учун Мурожаатномаси // https:// review.uz/oz/post/ozbekiston-respublikasi-prezidenti-shavkat-mirziyoyevning-2023-yil-uchun-murojaatnomasi-toliq-matn

7. Мирзиёев Ш. М. Халқимиз розилиги бизнинг фаолиятимизга берилган энг олий баҳодир…. – Б. 252.

Downloads

Published

2025-12-28

How to Cite

Ergashev, U. (2025). O‘zlikni anglash va milliy taraqqiyot. Research and Implementation, (Spec 3(6), 20–22. Retrieved from https://rai-journal.uz/index.php/rai/article/view/2525

Issue

Section

Статьи