TATU talabalari uchun “Office student” interaktiv xizmatlar portalini ishlab chiqish
Annotatsiya
Mazkur maqolada oliy ta’lim muassasalarida ma’muriy va o‘quv jarayonlarini raqamlashtirish masalalari Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti misolida ko‘rib chiqilgan. Tadqiqotning asosiy maqsadi talabalar uchun ariza topshirish, ma’lumotnomalar olish va boshqa ma’muriy ehtiyojlarni masofadan hal etish imkonini beruvchi interaktiv xizmatlar portalini ishlab chiqish hamda uning samaradorligini tahlil qilishdan iborat. Platforma zamonaviy dasturlash yondashuvlari asosida qurilgan bo'lib, uning foydalanuvchi interfeysi qismi ommabop kutubxonalar, mantiqiy qismi esa yuqori unumdorlikka ega dasturlash tillarida yaratilgan. Maqolada axborot xavfsizligini ta'minlash, kesh xotirasi yordamida tezkorlikka erishish va avtomatlashtirilgan hujjatlar generatsiyasi kabi texnik yechimlar yoritilgan. Natijalar shuni ko'rsatadiki, ushbu portal ta'lim sifatini oshirish va boshqaruv samaradorligini ta'minlashda muhim o'rin tutadi.
Kalit so‘zlar: raqamli xizmatlar, interaktiv portal, axborot xavfsizligi, dasturiy arxitektura, oliy ta'lim
Библиографические ссылки
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M. Mirziyoyev huzurida 2024-yil 6-may kuni o‘tkazilgan yig‘ilish topshiriqlari va “Ta’lim sohasidagi loyihalar markazi” qarorlari
2. Boltayev M.X. Raqamli iqtisodiyot sharoitida oliy ta’lim tizimini transformatsiya qilish. Toshkent, Innovatsion rivojlanish, 2023.
3. Karimov A. A. Oliy ta’lim muassasalarini raqamli transformatsiya qilishning ustuvor yo‘nalishlari va istiqbollari. Toshkent, Iqtisodiyot, 2024.
4. Karimov N. O. Zamonaviy veb texnologiyalar va axborot tizimlarini loyihalash. Toshkent, Aloqachi, 2024.
5. Xolmatov T.X., Toyloqov N.I. Amaliy matematika, dasturlash va axborot texnologiyalari. Toshkent, O‘qituvchi, 2014.


