Sun'iy intellekt asosida tarmoq trafikni optimallashtirish va xavfsizlik tahdidlarini aniqlash
Annotatsiya
Maqolada sun’iy intellekt texnologiyalarining tarmoq trafikini optimallashtirish va xavfsizlik tahdidlarini aniqlashdagi imkoniyatlari tahlil qilinadi. Mashinali va chuqur o‘rganish modellaridan foydalangan holda trafik oqimlari prognoz qilinib, resurslar dinamik ravishda taqsimlanadi, kechikish va paket yo‘qotilishi kamayadi. Shu bilan birga, AI modellar anomaliyalarni va ilgari kuzatilmagan kiberhujumlarni aniqlash imkonini oshiradi, bu tarmoq xavfsizligini sezilarli darajada mustahkamlaydi. Natijalar korporativ tarmoqlar, IoT ekotizimlari va bulutli xizmatlar uchun yuqori samaradorlik va barqaror ishlashni ta’minlash imkoniyatlarini ko‘rsatadi, shuningdek, kelajakda avtonom va aqlli tarmoqlarni rivojlantirish uchun strategik poydevor yaratadi.
Kalit so‘zlar: Sun’iy intellekt; tarmoq trafikini optimallashtirish; xavfsizlik tahdidlari; mashinali o‘rganish; chuqur o‘rganish; anomaliya aniqlash; IoT tarmoqlari; bulutli xizmatlar; real vaqt rejimi.


