Ma’lumotlar bazasida aqlli triggerlar: avtomatlashtirilgan qaror qabul qilish tizimlari uchun yangi yondashuv
Ключевые слова:
Triggerlar, aqlli triggerlar, ma’lumotlar bazasi, avtomatlashtirilgan boshqaruv, qaror qabul qilish, monitoring, yaxlitlik, sun’iy intellekt, algoritmik boshqaruv, ma’lumotlar xavfsizligiАннотация
Ushbu maqolada ma’lumotlar bazalarida ishlatiladigan aqilli triggerlar va ularning avtomatlashtirilgan qaror qabul qilish jarayonlaridagi roli chuqur tahlil qilingan. An’anaviy triggerlar odatda ma’lum bir operatsiya sodir bo‘lganda oldindan belgilangan harakatlarni bajarish bilan cheklanadi. Biroq, zamonaviy axborot tizimlari murakkablashgani sayin, triggerlar nafaqat reaksiyaga kirishishi, balki tahlil qilishi, bashorat qilishi va moslashuvchan boshqarishi kerak. Ushbu tadqiqot vaziyatga asoslangan qarorlar qabul qilishga qodir bo‘lgan, sun’iy intellekt elementlari bilan to‘ldirilgan aqlli triggerlar modelini taklif qiladi. Maqolada aqlli triggerlar arxitekturasi, ularning ishlash algoritmlari, ma‘lumotlar xavfsizligi, monitoringi va real vaqt rejimida boshqarish jarayonlariga qo‘shgan hissasi o‘rganiladi. Ularning afzalliklari, cheklovlari va amaliy qo‘llanilishi an’anaviy triggerlar bilan taqqoslaganda tahlil qilinadi. Maqolada avtomatlashtirilgan boshqaruv tizimlarida aqlli triggerlardan foydalanish samaradorligi namoyish etiladi va ular uchun yangi kontseptual model taklif etiladi
Библиографические ссылки
1. Garcia-Molina H., Ullman J. D., Widom J. Database Systems: The Complete Book. — Pearson Education, 2019.
2. Ramakrishnan R., Gehrke J. Database Management Systems. — McGraw-Hill, 2020.
3. Elmasri R., Navathe S. Fundamentals of Database Systems. — Pearson, 2016.
4. Silberschatz A., Korth H. F., Sudarshan S. Database System Concepts. — McGraw-Hill, 2020.
5. O‘zsu M. T., Valduriez P. Principles of Distributed Database Systems. — Springer, 2020.
6. Vaish P. Database Security and Auditing. — Cengage Learning, 2018.

