Robokids nomli bolalarga robototexnikadan boshlang‘ich bilim beradigan dasturiy ta'minot ishlab chiqish
Annotatsiya
Ushbu maqolada “Robokids” nomli bolalarga robototexnika bo‘yicha boshlang‘ich bilim berishga mo‘ljallangan dasturiy ta’minotni ishlab chiqish masalalari yoritilgan. Dasturiy ta’minotning asosiy maqsadi maktab yoshidagi bolalarda algoritmik fikrlash, mantiqiy tahlil qilish, texnik ijodkorlik va dasturlash ko‘nikmalarini shakllantirishdan iborat. Tadqiqot davomida robototexnika ta’limining zamonaviy tendensiyalari, interaktiv o‘qitish usullari hamda gamifikatsiya elementlaridan foydalanish imkoniyatlari tahlil qilindi. “Robokids” platformasida vizual dasturlash muhiti, virtual robot modellari, topshiriqlar tizimi va baholash moduli ishlab chiqilishi ko‘zda tutilgan. Mazkur dasturiy vosita bolalarning mustaqil o‘rganish faoliyatini qo‘llab-quvvatlash, STEAM ta’lim elementlarini amaliyotga joriy etish hamda raqamli texnologiyalar sohasiga qiziqishni oshirishga xizmat qiladi.
Kalit so‘zlar: robototexnika, dasturiy ta’minot, Robokids, STEAM ta’lim, algoritmik fikrlash, vizual dasturlash, interaktiv ta’lim, bolalar dasturlashi, gamifikatsiya, virtual robot, ta’lim texnologiyalari
##submission.citations##
1. Resnick M. Lifelong Kindergarten: Cultivating Creativity through Projects, Passion, Peers, and Play. — Cambridge: MIT Press, 2017. — 208 p.
2. Bers M. U. Coding as a Playground: Programming and Computational Thinking in the Early Childhood Classroom. — New York: Routledge, 2020. — 320 p.
3. Eguchi A. Robotics as a Learning Tool for Educational Transformation // Proceedings of International Workshop Teaching Robotics. — Padova, Italy, 2014. — P. 27–34.
4. Papert S. Mindstorms: Children, Computers, and Powerful Ideas. — New York: Basic Books, 1980. — 252 p.
5. Sullivan A., Bers M. Robotics in the Early Childhood Classroom: Learning Outcomes from an 8-Week Robotics Curriculum in Pre-Kindergarten through Second Grade // International Journal of Technology and Design Education. — 2016. — Vol. 26, No. 1. — P. 3–20.


