Boshlang‘ich tayyorgarlik guruhidagi yakkakurashchilarning jismoniy sifatlarini rivojlantiruvchi omillar

Mualliflar

  • Xolmatov Umidjon Sobirjon o‘g‘li Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti

Annotatsiya

Mazkur maqolada boshlang‘ich tayyorgarlik guruhidagi yakkakurashchilarning jismoniy sifatlarini rivojlantiruvchi asosiy omillar ilmiy-nazariy jihatdan tahlil qilingan. Tadqiqotda kuch, tezlik, chidamlilik, chaqqonlik, egiluvchanlik va koordinatsiya sifatlarining yosh organizm rivojlanish xususiyatlari bilan o‘zaro bog‘liqligi asoslab berilgan. Boshlang‘ich bosqichda mashg‘ulot jarayonini tashkil etishda fiziologik, biomexanik, psixologik va pedagogik omillarni hisobga olish zarurligi yoritilgan. Shuningdek, individual yondashuv tamoyili, yuklama me’yorini bosqichma-bosqich oshirish, o‘yin uslubidan foydalanish hamda sog‘lom turmush tarzining ahamiyati ochib berilgan. Ilmiy manbalar tahlili shuni ko‘rsatadiki, dastlabki bosqichda shakllantirilgan umumiy jismoniy tayyorgarlik keyingi maxsus tayyorgarlik jarayonining samaradorligini belgilovchi asosiy omil hisoblanadi. Maqolada zamonaviy monitoring va nazorat vositalarining qo‘llanilishi yosh yakkakurashchilarning jismoniy rivojlanishini boshqarishda muhim ahamiyat kasb etishi ta’kidlangan.

Kalit so‘zlar: boshlang‘ich tayyorgarlik, yakkakurash, jismoniy sifatlar, kuch, tezlik, chidamlilik, chaqqonlik, egiluvchanlik, koordinatsiya, individual yondashuv, sport pedagogikasi, yosh sportchilar, mashg‘ulot metodikasi, monitoring, sog‘lom turmush tarzi.

##submission.citations##

1. Tastanov N.A. Kurash turlari nazariyasi va uslubiyati. T. 2017.

2. Mirzaqulov Sh.A. Belbog‘li kurash nazariyasi va uslubiyati. T. 2013.

3. Z.S.Artiqov, A.U.Xamidjonov, N.K.Aliyev, U.S.Xolmatov Tanlangan sport turi bo‘yicha mutaxasislikka kirish (belbog‘li kurash). 2023.

4. Z.S.Artiqov Kurash turlarida texnik-taktik tayyorgarligining ilmiy pedagogik asoslari (DSc)2025.

5. I.B.Aliyev Kurashda ko‘p yillik tayyorgarlik bosqichlarining ilmiy-nazariy asoslari (DSc) 2025

6. Z.S.Artikov Belbog‘li kurashchilarni texnik harakatlarga o‘rgatishda noan’anaviy mashqlar yordamidan foydalanish uslubiyati (PhD) 2023.

7. Aliyev I. Kurashchilarda sport sog ‘lomlashtirish bosqichida individual xususiyatlarini inobatga olgan holda seleksiya qilish //research focus. – 2024. – т. 3. – №. 11. – с. 73-78.

8. Aliev I. Ko ‘p yillik tayyorgarlik bosqichlarida mashg ‘ulot yuklamalarini rejalashtirish //news of the nuuz. – 2024. – т. 1. – №. 1.10. – с. 54-56.

9. Алиев и. Б. Курашда кўп йиллик тайёргарлик босқичларида мусобақа фаолиятини назорат қилиш самарадорлигини ошириш услублари //фан-cпортга. – 2020. – №. 8. – с. 18-20.

10. Алиев И. Б. Исследование этапов проведения дидактических игр при обучении математике в начальных классах //Международный научный журнал. – 2010. – №. 3. – С. 89-91.

##submission.downloads##

Chop etilgan

2026-02-12

Nashr

Bo'lim

Статьи