Ma‘lumotlar bazasini nusxalash (replikatsiya) va muvozanatlashtirish (balancing)
Annotatsiya
Ushbu maqolada zamonaviy axborot tizimlarida ma’lumotlar bazalarining yuqori mavjudligi, ishdan chiqishga chidamliligi va masshtabliligini ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etuvchi replikatsiya va yuklamani muvozanatlashtirish texnologiyalarining nazariy hamda amaliy jihatlari tahlil qilinadi. Maqolada ma’lumotlar bazasi nusxalarini yaratish orqali o‘qish va yozish so‘rovlarini samarali taqsimlash, yagona tugunning haddan tashqari yuklanishini kamaytirish hamda tizimning uzluksiz ishlashini ta’minlash mexanizmlari yoritilgan. Shuningdek, Master–Slave va ko‘p masterli replikatsiya modellari, ularda yuzaga keladigan muammolar, xususan, kechikish, konfliktlarni boshqarish va SPOF holatlarini bartaraf etish usullari ko‘rib chiqiladi. MySQL va PostgreSQL kabi mashhur MBBTlarda qo‘llaniladigan amaliy yechimlar tahlil qilinib, yuqori yuklamali tizimlar uchun eng maqbul konfiguratsiyalar bo‘yicha tavsiyalar beriladi. Maqola natijalari yuqori ishonchlilikka ega, masshtablanuvchi va samarali ishlaydigan ma’lumotlar bazasi infratuzilmasini loyihalashda foydali ilmiy-uslubiy asos bo‘lib xizmat qiladi.
Kalit so‘zlar: ma’lumotlar bazasi, replikatsiya, yuklamani muvozanatlashtirish, high availability, scalability, Master–Slave, ko‘p masterli replikatsiya, SPOF, MySQL, PostgreSQL.


