IoT (Internet of Things) tarmoqlarida xavfsizlik muammolari va ularni bartaraf etish yondashuvlari

Авторы

  • Sobirali Abduvohidov Farg‘ona davlat texnika universiteti
  • Shoxruxbek Ibragimov Farg‘ona davlat texnika universiteti

Annotatsiya

Internet of Things (IoT) texnologiyalari bugungi kunda raqamli transformatsiya jarayonining ajralmas qismiga aylanib, sanoat, energetika, sog‘liqni saqlash, transport va kundalik hayotda keng qo‘llanilmoqda. IoT qurilmalari yordamida ma’lumotlarni real vaqt rejimida yig‘ish, qayta ishlash va masofadan boshqarish imkoniyati yaratilmoqda. Biroq ushbu texnologiyalarning jadal rivojlanishi bilan bir qatorda xavfsizlik muammolari ham dolzarb ahamiyat kasb etmoqda. Qurilmalar resurslarining cheklanganligi, standartlarning to‘liq shakllanmaganligi hamda noto‘g‘ri konfiguratsiya IoT tarmoqlarini kiberhujumlarga nisbatan zaif holga keltirmoqda. Ushbu maqolada IoT tarmoqlarida uchraydigan asosiy xavfsizlik muammolari, keng tarqalgan hujum turlari hamda ularni oldini olish va kamaytirishga qaratilgan zamonaviy himoya yondashuvlari atroflicha tahlil qilinadi. Tadqiqot natijalari IoT xavfsizligini ta’minlashda texnik, tashkiliy va inson omillarini birgalikda hisobga olish zarurligini ko‘rsatadi.

Kalit so‘zlar: IoT xavfsizligi, IoT tarmoqlari, botnet, DDoS hujumlar, autentifikatsiya, yengil shifrlash, kiberxavfsizlik.

 

Загрузки

Опубликован

2025-12-24

Как цитировать

Abduvohidov, S., & Ibragimov, S. (2025). IoT (Internet of Things) tarmoqlarida xavfsizlik muammolari va ularni bartaraf etish yondashuvlari. Research and Implementation, (Spec 3(4), 290–292. извлечено от https://rai-journal.uz/index.php/rai/article/view/2392

Выпуск

Раздел

Статьи