Konvektiv diffuziya jarayonlari mavjud sharoitda biologik populyatsiyaning ikki komponentli ko‘p o‘lchovli nochiziqli modeli
Annotatsiya
Tadqiqotda berilgan tenglamalar sistemasini yechish uchun nochiziqli parchalash usuli asosida avtomodel tenglamalar sistemasi qurilgan hamda Zeldovich–Barenblatt turidagi yechimlar olingan. Shuningdek, yechimlarning mavjudligi va chegaralanganligi taqqoslash teoremasi yordamida asoslangan. Tezkor va sekin diffuziya holatlari alohida ko‘rib chiqilib, iteratsiya jarayoni uchun mos boshlang‘ich yaqinlashishlar taklif etilgan va sonli hisoblashlar orqali tahlil qilingan. Olingan natijalar shuni ko‘rsatadiki, ozuqa iste’mol qilish tezligining ortishi maksimal konsentratsiya hududida zararkunanda hasharotlar sonining kamayishiga olib keladi, hasharotlarning galaga jalb qilinish tezligining ortishi esa populyatsiyaning maksimal zichlik hududida sonning ko‘payishiga va soliton tipidagi to‘lqinlarning yaqqol namoyon bo‘lishiga sabab bo‘ladi. Hasharotlarning umr davomiyligi qisqarganda esa maksimal hududdagi populyatsiya kamayadi. Tadqiqot natijalari zararkunanda hasharotlar tarqalishini prognozlash hamda ularning o‘simliklarga ta’sirini baholashda qo‘llanilishi mumkin.
Kalit so‘zlar: reaksiya–diffuziya tenglamalari, populyatsiya dinamikasi, zararkunanda hasharotlar, diffuziya koeffitsiyenti, populyatsiya zichligi, matematik modellashtirish, avtomodel yechimlar, Zeldovich–Barenblatt yechimi, tezkor diffuziya, sekin diffuziya, iteratsiya usuli, soliton to‘lqini, ekologik modellar, zararkunandalar tarqalishi prognozi, ozuqa bazasi ta’siri.
Библиографические ссылки
1. Лачининский А.В., Характеристика фазового состояния популяций стадных
саранчовых с помощью морфометрических признаков // – Мат-лы 10-го съезда Всес. энтомол. о-ва. - Зоол. ин-т РАН, Русск. энтомол. о-во. - СПб, 1993.– С. 87– 88.York: Acad. Press, 1980, -394p.
2. Azhbenov V.K., Baybussenov K.S., Sarbaev A.T., Harizanova V.B. Preventive approach of phytosanitary control of locust pests in Kazakhstan and adjacent areas // IICBE-2015 Penang (Malaysia) Conference. 2015.
3. Материалы технического семинара по саранчовым на Кавказе и в Центральной Азии (КЦА). Продовольственная и Сельскохозяйственная Организация Объединенных Наций (ФАО), 2012. –Бишкек, Киргизия, 12–16 ноября 2012 г.
4. Коваленков В.Г., Кузнецова О.В., 2011. Как сдержать распространение
итальянского пруса. Защита и карантин раст., 9: 14-17.
5. Коваленков В.Г., Никитенко Ю.В., Тюрина Н.М., 2003. Итальянский прус на
Ставрополье. Защита и карантин раст., 5: 16-17.
6. Коваленков В.Г., Тюрина Н.М., 2002. Изучение чувствительности итальянского
пруса (Calliptamusitalicus L.) к инсектицидам. Агрохимия, 6: 76-81.
7. Лачининский А.В., Сергеев М.Г., Чильдебаев М.К., Черняховский М.Е.,
ЛоквудДж.А., Камбулин В.Е., Гаппаров Ф.А., 2002. Саранчовые Казахстана, Средней Азии и сопредельных территорий. Международная Ассоциация Прикладной Акридологии и Университет Вайоминга, Ларами, США: 1-387.
8. Липчанская Р.А., 2011. Саранчовые – спутники засухи – Защита и карантин
растений, 5: 44-47.


