O‘zbek milliy bezaklarining zamonaviy logotip dizaynida qo‘llanishi
Annotatsiya
Mazkur maqolada o‘zbek milliy bezaklarining zamonaviy logotip dizaynidagi o‘rni va ularni kompyuter grafikasi vositalari orqali ifodalash masalalari tahlil etilgan. Tadqiqotda milliy ornamentlarning estetik va ramziy ahamiyati, ularning logotip dizayni bilan o‘zaro bog‘liqligi ilmiy-nazariy jihatdan yoritilgan. Shuningdek, milliy bezaklarni raqamlashtirish jarayonining asosiy bosqichlari, vektor va rastr grafikaning logotip dizaynidagi o‘rni, zamonaviy grafik dasturlar hamda dasturlash tillaridan foydalanish imkoniyatlari ko‘rib chiqilgan. Maqolada minimalizm va zamonaviy dizayn tamoyillari asosida milliy naqshlarni soddalashtirish va funksional logotiplarga moslashtirish yo‘llari ochib berilgan. Tadqiqot natijalari milliy ornamentlar asosida yaratilgan logotiplarning brend identifikatsiyasini kuchaytirish, raqamli muhitda samarali qo‘llash va O‘zbekiston brendlarini global dizayn makonida tanitishdagi ahamiyatini asoslab beradi.
Kalit so‘zlar: o‘zbek milliy bezaklari, logotip dizayni, kompyuter grafikasi, milliy ornament, vektor grafika, brend identifikatsiyasi, zamonaviy dizayn
Библиографические ссылки
1. Ahmedov M. O‘zbek amaliy bezak san’ati asoslari. – Toshkent: O‘qituvchi, 2018. – 176 b.
2. To‘xtayev B. Milliy naqsh va ornamentlar kompozitsiyasi. – Toshkent: San’at, 2016. – 152 b.
3. Jabborov R. Grafik dizayn va vizual identifikatsiya asoslari. – Toshkent: Tafakkur, 2020. – 184 b.
4. Meggs P. B., Purvis A. W. History of Graphic Design. – New York: Wiley, 2016. – 720 p.
5. Wheeler A. Designing Brand Identity: An Essential Guide for the Whole Branding Team. – Hoboken: John Wiley & Sons, 2018. – 326 p.
6. Ambrose G., Harris P. The Fundamentals of Graphic Design. – London: AVA Publishing, 2015. – 192 p.
7. Lupton E. Graphic Design: The New Basics. – New York: Princeton Architectural Press, 2015. – 248 p.
8. Shokirov A. Raqamli dizayn va kompyuter grafikasi asoslari. – Toshkent: Innovatsiya, 2021. – 168 b.


