Apache Kafka va Spark Streaming asosida oqimli ma’lumotlarni qayta ishlash
Annotatsiya
Ushbu maqolada zamonaviy axborot tizimlarida katta hajmdagi oqimli ma’lumotlarni real vaqt rejimida qayta ishlash muammolari va ularning yechimlari tahlil qilinadi. Xususan, Apache Kafka va Apache Spark Streaming texnologiyalarining arxitekturasi, ishlash tamoyillari hamda o‘zaro integratsiyasi ko‘rib chiqilgan. Apache Kafka oqimli ma’lumotlarni ishonchli uzatish va saqlash vositasi sifatida, Spark Streaming esa ushbu ma’lumotlarni tezkor tahlil qilish va qayta ishlash platformasi sifatida yoritiladi. Maqolada Kafka va Spark Streaming asosida qurilgan oqimli ma’lumotlarni qayta ishlash arxitekturasi, ularning afzalliklari, kamchiliklari hamda amaliy qo‘llanilish sohalari bayon etilgan. Tadqiqot natijalari real vaqt rejimida ma’lumotlarni tahlil qilish, monitoring va qaror qabul qilish jarayonlarini samarali tashkil etishda ushbu texnologiyalarning ahamiyatini ko‘rsatadi.
Kalit so‘zlar: Apache Kafka, Apache Spark Streaming, oqimli ma’lumotlar, real vaqt rejimida qayta ishlash, Big Data, tarqatilgan tizimlar, ma’lumotlar oqimi, mikro-batch qayta ishlash, publish-subscribe modeli, real vaqt tahlili.


