G‘arb falsafiy maktablarida ijtimoiy adolat konsepsiyasining falsafiy tahlili

Авторы

  • Abbosbek Raxmatov Farg‘ona davlat texnika universiteti

Аннотация

Ushbu maqolada ijtimoiy adolat tushunchasining tarixiy-falsafiy shakllanishi Sharq va Gʻarb tafakkuri doirasida qiyosiy jihatdan tahlil qilinadi. Tadqiqotda antik yunon falsafasidan boshlab zamonaviy liberal-demokratik nazariyalargacha boʻlgan Gʻarb falsafiy anʼanalarida adolatning mazmuni, uning siyosiy, huquqiy va axloqiy asoslari izohlanadi. Shu bilan birga, Sharq falsafasidagi ijtimoiy adolatning kosmik tartib, axloqiy uygʻunlik, jamoaviy manfaat va ruhiy komillik bilan bogʻliq talqinlari koʻrib chiqiladi. Hammurapi qonunlari, Zardushtiylikdagi Asha tamoyili, islom falsafasi, Konfutsiy taʼlimi hamda Forobiy, Ibn Sino va Nizomulmulk qarashlari Sharq konsepsiyasining asosiy nazariy manbalari sifatida tahlil qilinadi. Qiyosiy yondashuv har ikki madaniy anʼananing umumiy nuqtalarini — tartib, yaxshilik, meʼyoriy uygʻunlik va jamiyat farovonligi tamoyillarini — aniqlash bilan birga, ularning ijtimoiy adolatni talqin qilishdagi farqlarini ham ochib beradi. Tadqiqot natijalari ijtimoiy adolatni universal, ammo turli sivilizatsiyalar tajribasi asosida shakllangan koʻp qirrali falsafiy kategoriya sifatida talqin qilish imkonini beradi.

Kalit soʻzlar: ijtimoiy adolat, Platon, Aristotel, distributiv adolat, korrektiv adolat, Asha tamoyili, tabiiy huquq, ijtimoiy shartnoma, F.Akvinskiy, J.Russo, I.Kant, J.Rols; R.Nozik; maʼnaviy uygʻunlik, kosmik tartib, jamoaviy manfaat.

Загрузки

Опубликован

27.12.2025

Как цитировать

Raxmatov, A. (2025). G‘arb falsafiy maktablarida ijtimoiy adolat konsepsiyasining falsafiy tahlili. Research and Implementation, 3(12), 622–626. извлечено от https://rai-journal.uz/index.php/rai/article/view/2391

Выпуск

Раздел

Статьи