Multimedia texnologiyalar asosida kasbiy fanlarni o‘qitish uchun interaktiv dars ishlanmalarini ishlab chiqish va amaliyotga joriy etish
Annotatsiya
Ushbu maqolada kasb ta’limi tizimida axborot-kommunikatsiya texnologiyalari (AKT) yo‘nalishidagi fanlarni o‘qitishda multimedia texnologiyalariga asoslangan interaktiv dars ishlanmalarini ishlab chiqish va ularni o‘quv jarayoniga joriy etish masalalari tadqiq etilgan. Tadqiqot davomida interaktiv o‘qitish metodikasining nazariy asoslari tahlil qilinib, Articulate Storyline, PowerPoint va Moodle platformalari yordamida namunaviy interaktiv dars ishlanmasi ishlab chiqildi va amaliyotda sinovdan o‘tkazildi. Tajriba-sinov natijalari multimedia texnologiyalaridan foydalanish talabalarning bilimni o‘zlashtirish darajasi, darsga bo‘lgan qiziqishi va faolligini sezilarli darajada oshirganini ko‘rsatdi. Olingan natijalar interaktiv dars ishlanmalari kasb ta’limi tizimida ta’lim sifatini oshirishning samarali vositasi ekanligini tasdiqlaydi.


