G‘ovlar osha yuguruvchilarning mashg‘ulotlarida foydalanish uchun nostandart g‘ov

Авторы

  • Boymatov Xabibjon Xusanbayevich Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston milliy universiteti

Аннотация

PDF (yuklab olish)

Maqolada g‘ovlar osha yugurishga ixtisoslashgan sportchilar uchun ishlab chiqilgan nostandart, teleskopik tuzilishga ega, xavfsiz plastik g‘ovning konstruktiv xususiyatlari, uning o‘quv-mashg‘ulot jarayonidagi ahamiyati hamda qo‘llash imkoniyatlari yoritilgan. Nostandart g‘ovning balandligi standart g‘ov o‘lchamlariga mos ravishda sozlanishi, tayanch qismining qum bilan to‘ldirilganligi va yengil plastik materiallardan tayyorlanganligi sportchilar, ayniqsa boshlang‘ich tayyorgarlik bosqichidagi yoshlar uchun jarohatlanish xavfini kamaytirishga xizmat qiladi. Shuningdek, maqolada 15–17 yoshli o‘smirlarning o‘sish va rivojlanish xususiyatlari, biologik yosh, mushak tizimining rivojlanishi, irsiy va tashqi muhit omillarining jismoniy rivojlanishga ta’siri hamda ushbu ko‘rsatkichlarning yengil atletika bilan shug‘ullanuvchi sportchilarning jismoniy tayyorgarligi va sport natijalariga ta’siri tahlil qilingan. Tadqiqot natijalari nostandart g‘ovdan foydalanish mashg‘ulotlar zichligini oshirish, g‘ovlardan oshib o‘tish texnikasini takomillashtirish va yosh sportchilarning psixologik tayyorgarligini rivojlantirishda samarali vosita ekanligini ko‘rsatadi.

Kalit so‘zlar: g‘ovlar osha yugurish, nostandart g‘ov, teleskopik g‘ov, yosh sportchilar, jismoniy rivojlanish, biologik yosh, mushak tizimi, o‘sish va rivojlanish, jismoniy tayyorgarlik, texnik tayyorgarlik, mashg‘ulot zichligi, jarohatlar profilaktikasi, psixologik tayyorgarlik, yengil atletika.

 

Биография автора

Boymatov Xabibjon Xusanbayevich , Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston milliy universiteti

 

 

Библиографические ссылки

1. Boymatov K. X. Special Physical Preparation Of Long-distance Running Athletes //Galaxy International Interdisciplinary Research Journal. – Т. 10. – №. 9. – С. 180-186.

2. Jumaqulov D. M., Boymatov X. X., Bollasov A. K. Methodology for improving physical training of cadets of the ministry of emergency situations academy //Proximus Journal of Sports Science and Physical Education. – 2024. – Т. 1. – №. 02. – С. 23-28.

3. Boimatov K. X. Chronology of Records of Harder Run in Uzbekistan and in the World //Global Scientific Review. – 2022. – Т. 7. – С. 13-25.

Опубликован

24.06.2026

Как цитировать

Boymatov, X. (2026). G‘ovlar osha yuguruvchilarning mashg‘ulotlarida foydalanish uchun nostandart g‘ov. Research and Implementation, 4(6/3), 38–41. извлечено от https://rai-journal.uz/index.php/rai/article/view/2170

Выпуск

Раздел

Статьи