Shahar muhitini yaxshilashda yashil belbog‘ va “Yashil makon” loyihalarining strategik ahamiyati (2030-yilgacha rivojlanish strategiyasi misolida)
Аннотация
Mazkur maqolada shahar muhitini yaxshilashda yashil belbog‘lar hamda “Yashil makon” umummilliy loyihasining strategik ahamiyati 2030-yilgacha rivojlanish strategiyasi doirasida tahlil qilinadi. Tadqiqotda zamonaviy urbanizatsiya sharoitida ekologik muammolarning kuchayishi, iqlim o‘zgarishi va aholi salomatligiga ta’siri bilan bog‘liq masalalar ilmiy-nazariy jihatdan yoritilgan. Yashil infratuzilmaning shahar ekologik barqarorligini ta’minlash, havoning ifloslanishini kamaytirish, mikroiqlimni yaxshilash hamda rekreatsion muhitni rivojlantirishdagi o‘rni asoslab berilgan. Shuningdek, “Yashil makon” loyihasining institutsional, ijtimoiy va ekologik samaradorligi tahlil qilinib, uning 2030-yilgacha mo‘ljallangan strategik maqsadlar bilan uzviy bog‘liqligi ochib berilgan. Tadqiqot natijalari shaharsozlik siyosatini takomillashtirishda va barqaror rivojlanishga erishishda ilmiy-amaliy ahamiyatga ega.
Kalit so‘zlar: shahar muhiti, yashil belbog‘, Yashil makon, barqaror rivojlanish, ekologik strategiya, urbanizatsiya, O‘zbekiston–2030
Библиографические ссылки
1. Baxtiyorovich, O. R. D. (2025). Dunyoning strategik rivojlanish omillari: barqaror rivojlanish va ekologik strategemalar. Advances in Science and Humanities, 1(02), 8-10.
2. Shirinov, A. (2024). “O’zbekiston–2030” Strategiyasini amalga oshirish islohotlar tendensiyasi sifatida. Nordic_Press, 3(0003).
3. Ruxsora, O. (2025). The Role of Uzbek Youth in Environmental Sustainability: Current Situation and Challenges. European International Journal of Philological Sciences, 5(06), 9-11.
4. G’ulomovna, M. H. (2025). “Yashil makon” Milliy konsepsiyaning ekologik muammolarni bartaraf etishdagi ahamiyati. InnoRes, 1(1), 146-149.
5. Umarov, B. (2025). The national project "Yashil makon" in uzbekistan and its consistent implementation. International Journal of Artificial Intelligence, 1(1), 1144-1148.
6. Mirzoxid, Q., & Nozima, I. (2025, October). Iqlim isishiga qarshi kurashishda “Yashil makon” umummilliy loyihasining ahamiyati. In Partner conferences of the International Scientific Journal Research Focus (Vol. 1, No. 1, pp. 114-119).
7. Nurmatov, D. O., & Qurbonova, N. U. (2023). Shaharlarda yashil belbog ‘ko ‘kalamzorlari va ularning vazifasi. Ilm, tadqiqot va taraqqiyot/Наука, исследования и развитие, 4(4), 67-69.

